Forest
Legal

Maxfiylik siyosati

Husqvarna sizning kompaniya va uning mahsulotlariga boʻlgan qiziqishingizni qadrlaydi. Bu veb-saytdan hamda quyida keladigan har qanday quyi saytlardan (birgalikda “Sayt” deb yuritiladi) foydalanishdan avval ushbu Maxfiylik siyosatini yaxshilab oʻqib chiqishingizni qatʼiy tavsiya qilamiz. Bu Maxfiylik siyosati Husqvarna AB (publ)/GARDENA GmbH yoki uning guruh kompaniyalari, filiallari yoki shoʻba idoralari (birgalikda HUSQVARNA) yoki HUSQVARNA nomidan ushbu Sayt orqali maʼlumotlar yigʻadigan uchinchi tomonlardan qanday maʼlumotlarni yigʻishi va shaxsiy maʼlumotlaringizni muhofaza qilish boʻyicha qanday choralar koʻrishimizni belgilab beradi. Agar siz Maxfiylik siyosatiga rozi boʻlmasangiz, ushbu Saytdan foydalanmasligingiz mumkin. Bu Maxfiylik siyosati vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turishi mumkin, shu bois uni tez-tez tekshirib turing.

Umumiy ma’lumotlar

Shu narsani yodda tutingki, ayrim vazifalarimizni bajarishimiz va faoliyatlarimizni amalga oshirish hamda ayrim mahsulot va xizmatlarimizga kira olishingiz uchun shaxsingizni aniqlashtiruvchi email, telefon raqam va ijtimoiy himoya raqamingiz (“Shaxsiy maʼlumotlar”) kabi axborotlaringizni Saytning ayrim joylarida taqdim qilishingiz kerak boʻladi. Shuning uchun siz bunday Shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish, foydalanish va uzatish maqsadini toʻliq tushunishingiz shart va shubha qilmagan holda ushbu Maxfiylik siyosatida keltirilgan talab va shartlarni qabul qilishingiz kerak.

Shaxsiy maʼlumotlarni va foydalanuvchining boshqa axborotlarini yigʻish va ulardan foydalanish

HUSQVARNA kompaniyasiga yuborayotgan axborotlaringiz maʼlumotlarni himoya qilish qonunlari tomonidan himoya qilinadi. Shaxsiy maʼlumotlar HUSQVARNA tomonidan yozib olinadi va boshqariladi hamda ulardan mahsulotlarimiz va/yoki onlayn xizmatlardan foydalanishda koʻmaklashish uchun foydalaniladi. Agar siz bizga javoban axborot olish uchun - masalan, broshyuralar, kataloglar kabi Shaxsiy maʼlumotlarni taqdim qilsangiz – biz  shunday axborotlarni yigʻamiz va saqlaymiz. Shunday axborotlar bizga siz tomondan berilgan axborot soʻrovini bajarish imkonini beradi. Axborotlaringiz HUSQVARNA siz bilan muloqotni yaxshilash uchun kerak boʻlgan muddatda tegishli xavfsiz va himoyalangan muhitda saqlanadi. Agar siz maʼlumotlaringizning ayrimlarini yoki hammasini bizning jurnalimizdan olib tashlashni istasangiz, Husqvarna [country] [e-mail address] manziliga yoki [postal address] pochta manziliga murojaat qiling.

Mijozlari haqidagi bilimlarini yaxshilash maqsadida yoki bevosita marketing qilish yoki tanlovga taklif qilish maqsadida HUSQVARNA sizdan qoʻshimcha majburiy boʻlmagan axborotlarni soʻrashi mumkin. Bu kabi har qanday qoʻshimcha axborotlarni taqdim qilish soʻrovlariga javob berishingiz ixtiyoriydir. 
Shuningdek, HUSQVARNA Saytimizdan foydalanish haqida shaxsiy boʻlmagan axborotlarni ham yigʻadi. Bunday axborotlar agregat asosida toʻplanadi va ulardan sizning onlayn tajribalaringizni yaxshilash hamda Saytga kirish imkonini yaratishda yordam berish uchun ichki maqsadlarda foydalaniladi. HUSQVARNA ushbu axborotlarni qaysi foydalanuvchilar qaysi materiallarga kira olishini aniqlashi uchun foydalanuvchining Shaxsiy maʼlumotlariga ulab beradi. Bu Saytni yaxshilashimizga yordam beradi.
HUSQVARNA 18 yoshga yetmagan bolalarning Shaxsiy maʼlumotlarini yigʻmaydi, chunki veb-sayt bunday bolalarga moʻljallanmagan. Biz ota-onalarga va vasiylarga farzandlarining faoliyatini va onlayn qiziqishlarini faol tekshirib turishni tavsiya qilamiz.

Shaxsiy maʼlumotlarni uzatish

HUSQVARNA siz tomondan Saytga taqdim etilgan Shaxsiy maʼlumotlarni biron bir uchinchi tomonga uzatmaydi (routing maqsadidan tashqari), quyidagilar bundan mustasno: (a) sizning roziligingiz bilan; (b) qonun yoki sud organlari talabi bilan; (c) HUSQVARNA huquq va mulklarini himoya qilish maqsadida; (d) Sayt foydalanuvchilarining shaxsiy xavfsizligini himoya qilish maqsadida; (e) HUSQVARNA Saytning ichki amaliyotlari yoki biznesni amalga oshirish uchun kelishuv imzolagan shaxslar yoki kompaniyalar bilan; yoki (f) kontraktlarni amalga oshirishda bogʻlangan sxema yoki Shaxsiy maʼlumot himoyasining adekvatlik darajasi qonunga muvofiqligiga ishonsak. HUSQVARNA kompaniyasi toʻliq ixtiyoriga koʻra, agar HUSQVARNA foydalanish shartlari buzilsa yoki gʻayriqonuniy harakatlar aniqlansa, tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilish huquqini saqlab qoladi.

Cookie fayllari

  1. Ushbu sayt “cookie” deb ataluvchi texnologiyadan foydalanishi mumkin. Cookie – siz tashrif buyurgan veb-sahifa tomonidan sizning kompyuteringizga saqlab qoʻyiladigan, oʻz ichiga ma’lumotlarni jamlagan kichik matnli fayllardir. Ular saytning qoʻshimcha funksiyalarini ta’minlashga hamda saytdan foydalanishni tahlil qilishimizga koʻmak berishi uchun foydalaniladi. Cookie fayllari ikki turda boʻladi: Bu narsa “eslab qolishda” foydalaniladi, yaʼni foydalanuvchi nomingiz va parolingiz kabi axborot boʻlib, u mazkur obuna xizmatida “tizimdan chiqishga” qaror qilmaguningizcha kompyuteringizda saqlanadi. Agar siz “Kelgusida mening foydalanuvchi nomim va parolim soʻralmasin” funksiyasidan foydalanmasangiz, bunday cookie fayllari kompyuteringizda hech qachon saqlanmaydi.
  2. Boshqa turi seans cookie fayli deb nomlanadi. Bu turdagi cookie fayllar, masalan, veb-sahifada tanlagan tilingiz kabi amallarni kuzatib borish uchun ishlatiladi. Bunday cookie fayllar, saytga tashrifingiz mobaynida kompyuteringiz xotirasida vaqtincha saqlanadi. Seans cookie fayli kompyuteringizda uzoq vaqt saqlanmaydi va odatda veb-brauzeringizni yopganingizdan keyin yoʻqoladi. Bunday cookie fayldan foydalanish orqali HUSQVARNA tashrif buyuruvchilarga yanada yaxshiroq axborot taqdim qilishga umid qiladi.

Agar HUSQVARNA cookie fayllaridan foydalanishini istamasangiz, aksariyat brauzerlarda sozlamalar orqali cookie fayllarini rad etish imkoni mavjud. Lekin bu saytning siz uchun manfaatliligini va funksionalligini cheklashi mumkin. 

Sifat

HUSQVARNA sizning yigʻiladigan Shaxsiy maʼlumotlaringiz toʻgʻri, toʻliq va yangilangan holda ekanini taʼminlash uchun tegishli harakatlarni amalga oshirish choralarini koʻradi. Biroq, siz yigʻiliayotgan Shaxsiy maʼlumotingizni toʻgʻri, toʻliq va yangi holda taqdim qilishingiz lozim. Mabodo biz saqlaydigan Shaxsiy maʼlumotingiz toʻgʻri, toʻliq va yangilangan holda emasligini aniqlasangiz, sizni yozma xabardor qilgan holda Shaxsiy maʼlumotni sozlash uchun tegishli choralarni koʻramiz. Siz, shuningdek, HUSQVARNA qaysi Shaxsiy maʼlumotingizni yigʻganini bilish huquqiga egasiz. Agar bunday maʼlumotni olishni istasangiz, bizga pochta orqali imzolangan soʻrov yuboring.

Xavfsizlik

HUSQVARNA ruxsat etilmagan kirishlarni kafolatlay olmasa ham, shunga ishonchingiz komil boʻlsinki, HUSQVARNA tegishli texnologiyalar hamda ichki jarayonlar bilan Shaxsiy maʼlumotingiz xavfsizligini taʼminlash va ularga ruxsatsiz kirishning oldini olishga katta kuch sarflaydi.

Boshqa veb-saytlar

Saytda uchinchi tomon veb-saytlarining havolalari boʻlishi mumkin. HUSQVARNA Sayt bilan bogʻlangan uchinchi tomon veb-saytlarining kontentlarini va maxfiylik amaliyotlarini boshqarmaydi hamda ular uchun javobgar emas. Bunday veb-saytlar kompyuteringizga cookie fayllarini joylashtirishi va/yoki boshqacha tarzda shaxsiy axborotlarni yigʻishi hamda foydalanishi mumkin. Uchinchi tomon veb-saytlaridan foydalanishdan avval ularning maxfiylik amaliyotlari bilan tanishib chiqishingizni soʻraymiz.

oʻzgarishlar

HUSQVARNA bu Maxfiylik siyosatdagi har qanday ma’lumotni to‘liqligicha yoki qisman, istalgan vaqtda va oldindan ogohlantirishsiz oʻzgartirish, qayta koʻrib chiqish, qoʻshimchalar kiritish yoki olib tashlash huquqini oʻz ixtiyorida qoldiradi. Bu Maxfiylik siyosatidagi oʻzgarishlar saytda joriy qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Bu Maxfiylik siyosatidagi har qanday oʻzgarish joriy qilingandan keyin sizning saytdan foydalanishda davom etishingiz mazkur oʻzgarishlarni qabul qilganingizni anglatadi.

Mazkur Maxfiylik siyosati oxirgi marta 2014-yil 25-noyabrda yangilangan.